Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Gvardiola «Brentford»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Gvardiola «Brentford»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi doirasida «Brentford» ustidan qozonilgan yirik g‘alabadan (3:0) so‘ng «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchrashuv haqida to‘xtalib o‘tdi.

Mutaxassis raqibning o‘yinini alohida e’tirof etib, bahs oson kechmaganini ta’kidladi.

«Raqib juda murakkab edi. Ularning qarshi hujumlari, standart vaziyatlari va to‘pni o‘yinga kiritishlari bizga ancha noqulaylik tug‘dirdi. O‘yin boshida qiynaldik, ammo keyinchalik juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Ayniqsa, birinchi bo‘limda chap qanot, ikkinchi bo‘limda esa har ikki qanotimiz samarali harakat qildi», — deydi Gvardiola Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Shuningdek, murabbiy jamoaning hujumdagi harakatlari va Jeremi Dokuning o‘yini haqida ham ijobiy fikr bildirdi:

«Doku ko‘p jihatdan ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda jarima maydonchasini to‘p bilan ko‘proq to‘ldirishni boshladik. Birinchi bo‘limda buni amalga oshira olmaganimiz uchun qiyinchiliklarga duch kelgandik. Yakunda ijobiy natija qayd etdik va oldinga harakat qilishda davom etamiz».

Kiritildi: 07:40, 10.05.2026.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик