Kirish Ro'yxatdan o'tish

Miyatovich: «Real»ga Mourinyo kabi «qattiq qo‘l» murabbiy kerak»

Miyatovich: «Real»ga Mourinyo kabi «qattiq qo‘l» murabbiy kerak»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich Joze Mourinyuning yana Madridga qaytishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Avvalroq OAVda ayni damda «Benfika»ni boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis «qaymoqranglilar» ustoziga aylanishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

«U — kuchli xarakterga ega inson. Jamoa mana ikki yildirki hech narsa yuta olmayapti, shuning uchun unga «qattiq qo‘l» bilan ishlaydigan kimdir kerak. Madridliklarga futbolchilar tomonidan maksimal darajada hurmat qilinadigan murabbiy zarur», — deya ekspertning so‘zlarini keltirmoqda Cadena SER.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Alvaro Arbeloa boshchiligidagi Madrid jamoasi Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan 11 ochkoga ortda qolmoqda.

Kiritildi: 08:23, 10.05.2026.
O'qildi: 801 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик