Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gravenberx «Liverpul» muxlislarining hushtaklariga munosabat bildirdi

Gravenberx «Liverpul» muxlislarining hushtaklariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 36-turi doirasida kechgan «Liverpul» va «Chelsi» (1:1) uchrashuvidan so‘ng, mersisaydliklar yarim himoyachisi Rayan Gravenberx ishqibozlarning harakatlariga to‘xtalib o‘tdi. O‘yin davomida «Enfild» tribunalari o‘z futbolchilarining manziliga hushtaklar chalishgan edi.

«Bizga muxlislarning qo‘llab-quvvatlovi juda zarur. To‘g‘ri, g‘alaba qozona olmayapmiz, lekin menimcha, biz bunday munosabatga (hushtaklarga) loyiq emasmiz. Muxlislar 90 daqiqa davomida biz bilan bo‘lishlari kerak. Ikkinchi bo‘limda ular bizni qo‘llab-quvvatlashni boshlaganida, biz raqibga bosim o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Bu biz uchun suv va havodek zarur», — deya Gravenberxning so‘zlarini keltirmoqda insayder Fabrisio Romano.

Ma’lumot uchun, «Liverpul» ayni damda APL turnir jadvalida 36 ta o‘yindan so‘ng 59 ochko jamg‘argan holda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 08:26, 10.05.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик