Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Figu: «Mbappe hamon dunyoning eng yaxshilaridan biri, ammo...»

Figu: «Mbappe hamon dunyoning eng yaxshilaridan biri, ammo...»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yulduzi Luish Figu hujumchi Kilian Mbappening «qirollik klubi»dagi ilk mavsumi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Kilian hamon dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida qolmoqda. Uning joriy mavsumdagi gollari soni hayratlanarli darajada. Biroq jamoaviy natija ham muhim. Agar «Real» shuncha gollar bilan birga sovrinlarni ham qo‘lga kiritganida edi, Mbappening o‘yiniga berilayotgan baho butunlay boshqacha bo‘lardi.

To‘g‘ri, Madriddagi debyut mavsumini u biroz beqaror boshladi. Bu tabiiy, chunki u yangi muhit va boshqa chempionatga moslashishi kerak edi. Shunga qaramay, menimcha, u o‘zidan kutilgan darajada harakat qilmoqda», — deya Figuning so‘zlarini keltirmoqda Flashscore nashri.

Ma’lumot uchun, fransiyalik yulduz joriy mavsumda «qaymoqranglilar» safida barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41 ta gol va 6 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:28, 10.05.2026.
O'qildi: 876 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик