Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Ueyn Runi «Liverpul» va «Chelsi» o‘rtasidagi durangga munosabat bildirdi

Ueyn Runi «Liverpul» va «Chelsi» o‘rtasidagi durangga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Ueyn Runi Premyer-liga doirasida kechgan «Liverpul» — «Chelsi» (1:1) uchrashuvi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Runining ta’kidlashicha, mehmonlar «mersisaydliklar»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatishgan.

«Menimcha, «Liverpul» o‘yinni juda yaxshi boshladi va gol urdi, ammo keyinchalik «Chelsi» ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Ayniqsa, Kukurelyaning himoyachilar ortiga amalga oshirgan yurishlari «Liverpul» uchun katta muammo tug‘dirdi», — deydi Runi.

Shuningdek, u «Enfild»dagi muhitga ham to‘xtalib o‘tdi:

«Tribunalarda biroz asabiylik sezildi — «Liverpul» muxlislarida bunday holat kamdan-kam kuzatiladi. Bu mavsumning ular kutgandek o‘tmayotgani bilan bog‘liq, vaholanki, transferlar uchun katta mablag‘ sarflangan edi».

Kiritildi: 08:34, 10.05.2026.
O'qildi: 1052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик