"PSJ" darvozaboni Lyuka Shevalye jarohatidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. RMC Sport jurnalistlarining xabar berishicha, futbolchining holati ancha yaxshilangan.
Katta ehtimol bilan u Fransiya terma jamoasiga bo‘lajak JCH-2026 musobaqasida yordam bera oladi. Eslatib o‘tamiz, posbon "PSJ" mashg‘ulotlari vaqtida sonidan jarohat olgan edi. Avvalroq uning safga qaytishi uchun bir necha hafta talab etilishi aytilgandi. Hozirda Lyuka o‘zini yaxshi his qilmoqda va "uchranglilar"ning JCH uchun qaydnomasidan joy olishga da’vogarlik qilishi mumkin.
Joriy mavsumda Shevalye Parij klubi safida 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U o‘z darvozasidan 28 ta to‘p olib chiqqan bo‘lsa, 10 ta o‘yinda "quruq" o‘yin o‘tkazdi. Mavsum davomida u rossiyalik Matvey Safonov bilan raqobatda imkoniyatni boy berib, "PSJ"ning zaxira darvozaboniga aylanib qolgan edi.













