Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» Asensioni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi

«Real» Asensioni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Raul Asensio yozgi transfer oynasi vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Ispaniyalik futbolchiga Turkiyaning «Beshiktosh» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Transfer News Live nashrining Fanatik’ka tayanib xabar berishicha, Istanbul klubi «qirollik klubi» tarbiyalanuvchisi uchun 20 million yevro sarflashga tayyor. Avvalroq «Real» rahbariyati futbolchining xizmatlariga ehtiyoj sezmayotgani va kelayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali 23 yoshli himoyachining bozor qiymatini 25 million yevroga baholagan. Asensio joriy mavsumda madridliklar safida 31 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:57, 10.05.2026.
O'qildi: 1116 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик