Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Rafinya «Barselona»dagi kelajagi haqida gapirdi

Rafinya «Barselona»dagi kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Rafinya Dias klubda uzoq vaqt qolishga tayyor ekanligiga shama qildi. Tarqalgan mish-mishlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda va ular kelayotgan yozda «ko‘k-anorranglilar» hamda futbolchining o‘ziga katta taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.

«Men o‘zimni yana ko‘p yillar davomida «Barselona» futbolchisi sifatida ko‘ryapman. Amaldagi shartnomam 2028 yilgacha mo‘ljallangan va agar klub rahbariyati uni uzaytirish bo‘yicha gaplashmoqchi bo‘lsa, men bunga tayyorman», — deya Rafinyaning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklarning 29 yoshli hujum yetakchisi joriy mavsumda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:11, 10.05.2026.
O'qildi: 1219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик