Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» Palmer bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi

«Manchester Yunayted» Palmer bo‘yicha rejalarini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi anchadan beri «Chelsi» hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerga asosiy da’vogarlardan biri sifatida ko‘rilayotgan edi. Londonliklarning Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolish xavfi ostida turgani ingliz yulduzining klubdagi kelajagini so‘roq ostida qoldirmoqda.

Biroq Mirror nashri xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» kelayotgan transfer oynasida 24 yoshli futbolchi uchun kurashmaslikka qaror qilgan. «Qizil iblislar» ayni damda asosiy e’tiborni boshqa pozisiyalarni kuchaytirishga qaratgan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Koul Palmerning bozor qiymatini 110 million yevroga baholagan. Uning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda futbolchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 13:22, 10.05.2026.
O'qildi: 1263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик