Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«PSJ» «Barselona»ning transfer maqsadini tortib olmoqchi

«PSJ» «Barselona»ning transfer maqsadini tortib olmoqchi

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini jadallashtirdi. PSG Report nashrining xabar berishicha, parijliklar bir necha haftadan beri argentinalik futbolchining vakillari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Manbaga ko‘ra, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Alvaresning o‘yinini yuqori baholaydi va uni jamoa tarkibini kuchaytirish uchun eng munosib nomzod deb hisoblaydi. Parijliklar «Barselona» va boshqa grand klublarning qiziqishiga qaramay, YECHL g‘olibi bo‘lgan hujumchi transferini amalga oshirishda qat’iyat ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Xulian Alvares joriy mavsumda barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:47, 10.05.2026.
O'qildi: 1629 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик