Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Zair-Emeri nima sababdan Enrikening eng sevimli futbolchisiga aylandi?

Zair-Emeri nima sababdan Enrikening eng sevimli futbolchisiga aylandi?

Baho:
+ | -

Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa yarim himoyachisi Uorren Zair-Emerining universal qobiliyatlarini yuqori baholadi. Ispaniyalik mutaxassis 20 yoshli futbolchining maydondagi intizomi va mahoratiga to‘xtalib o‘tgan.

«U istalgan pozisiyada o‘ynay oladi. Bu aql bovar qilmaydigan holat. Men bu futbolchini juda yaxshi ko‘raman! U haqiqiy o‘rnak bo‘la oladigan namunali o‘yinchi», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi L'Équipe nashri.

Ma’lumot uchun, Zair-Emeri joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bugun, 10 may kuni Fransiya chempionatining 33-turi doirasida «PSJ» o‘z maydonida «Brest»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 16:50, 10.05.2026.
O'qildi: 529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик