Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Alisson bir shart bilan «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Alisson bir shart bilan «Yuventus»ga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Darvozabon Alisson «Yuventus»ga o‘tishga tayyor. Jurnalistlar Ben Jeykobs va Aleks Krukning xabar berishicha, Turin klubi 33 yoshli braziliyalik posbon bilan muzokaralar olib bormoqda.

Qayd etilishicha, Alissonning «Liverpul» bilan munosabatlari juda yaxshi, shu sababli u transferni tezlashtirishga urinmayapti. Braziliyalik darvozabon «Yuventus»da o‘ynashni istaydi, biroq ushbu transfer faqat barcha tomonlar, jumladan, «Liverpul» ham rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshadi.

Alissonning mersisaydliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 17 million yevroga baholamoqda. Agar Alisson jamoani tark etsa, Georgiy Mamardashvili «Liverpul»ning asosiy darvozaboni bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Klub gruziyalik posbonni uzoq muddatli birinchi raqamli darvozabon sifatida ko‘rmoqda.

Kiritildi: 22:52, 10.05.2026.
O'qildi: 913 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик