Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

12 yoshli Faustino Oro dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster bo‘ldi!

12 yoshli Faustino Oro dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster bo‘ldi!

Baho:
+ | -

Sardiniyada o‘tayotgan turnir shaxmat olamiga yangi rekordchini taqdim etdi. Argentinalik 12 yoshli Faustino Oro grossmeysterlik unvoni uchun so‘nggi, uchinchi normani muddatidan oldin bajardi.

Qiziqarli tomoni shundaki, so‘nggi tur oldidan Faustinoning hisobida 8 imkoniyatdan 6 ochko bor edi va oxirgi normani olish uchun u so‘nggi turda durang o‘ynashi shart edi. Biroq qur’aga ko‘ra, u so‘nggi turda turnirning asosiy favoriti Yan Nepomnyashiy (2729) bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Raqibning reytingi o‘ta yuqoriligi sababli, Faustino hatto bu partiyada mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham, uning turnirdagi o‘rtacha ko‘rsatkichi (TPR) 2600 dan pastga tushmaydi. Bu esa avtomatik ravishda grossmeysterlik normasi bajarilganini anglatadi!

Shunday qilib, Faustino Oro 12 yosh 6 oy va 26 kunligida grossmeyster unvoniga erishdi. Bu shaxmat tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. U 1-o‘rinda turgan Abhimanyu Mishradan bor-yo‘g‘i ikki oyga ortda qoldi.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 23:06, 10.05.2026.
O'qildi: 564 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик