Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Maykl Olise noyob ko‘rsatkich qayd etdi — so‘nggi 21 yilda bunday natijaga faqat Sancho erishgan

Maykl Olise noyob ko‘rsatkich qayd etdi — so‘nggi 21 yilda bunday natijaga faqat Sancho erishgan

Baho:
+ | -

«Bavariya» vingeri Maykl Olise Bundesliganing 33-turida «Volfsburg»ga qarshi uchrashuvda (1:0) g‘alaba goliga mualliflik qildi.

Ushbu gol 24 yoshli fransiyalik futbolchi uchun Germaniya chempionatining joriy mavsumidagi 15-gol bo‘ldi. Hozirga qadar Olise Bundesliganing 31 uchrashuvida 34 ta samarali harakat amalga oshirgan — 15 gol va 19 assist.

Shu tariqa, Maykl Olise 2004/2005 yilgi mavsumdan buyon Bundesligada bir mavsum davomida kamida 15 ta gol va 15 ta assist qayd etgan ikkinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda Squawka xabar bermoqda.

Bungacha bunday natijaga faqat Jeydon Sancho erishgan edi. U 2019/2020 yilgi mavsumda «Borussiya Dortmund» safida o‘ynab, 17 ta gol va 16 ta assist qayd etgan.

Mazkur ko‘rsatkichga «Bavariya»ning yana bir vingeri Luis Dias ham yaqin turibdi. Bu natijani takrorlash uchun u so‘nggi turda «Kyoln»ga qarshi bahsda yana ikki assist amalga oshirishi kerak.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:10, 11.05.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик