Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Joze Mourinyu Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Joze Mourinyu Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Eron milliy jamoasining 2026 yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z munosabatini bildirdi.

— Siyosat boshqa masala, sport esa mutlaqo boshqa. Eron futbolchilari jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi va turnirda ishtirok etishi kerak, — dedi Mourinyu.

Eron terma jamoasi 2026 yil 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Guruh bosqichida eronliklar Yangi Zelandiya, Belgiya va Misr terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Avvalroq Eron tomonida AQSH bilan munosabatlar keskinlashgani sababli turnirda qatnashmaslik ehtimoli ham ko‘rib chiqilgan edi. Shuningdek, jamoa AQSHda o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlarni Meksikaga ko‘chirishga harakat qilgan.

Biroq FIFA taqvimni o‘zgartirmadi. Keyinroq tashkilot prezidenti Janni Infantino Eron JCH-2026 doirasida AQSH hududida ham o‘ynashini tasdiqladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 10:35, 11.05.2026.
O'qildi: 686 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик