Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Real» telekanali «el-klasiko»dagi hakamlik va Tebas boshqaruvini keskin tanqid qildi

«Real» telekanali «el-klasiko»dagi hakamlik va Tebas boshqaruvini keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -8

«Barselona» Madridning «Real» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq madridliklarning rasmiy telekanali uchrashuvdagi hakamlik qarorlaridan qattiq norozi bo‘lmoqda.

O‘yinning ikkinchi bo‘limida «Barselona» himoyachisi Erik Garsiya o‘z jarima maydonchasi ichida Jud Bellingemning yuziga tirsagi bilan zarba berdi. Bosh hakam va VAR tizimi ushbu vaziyatda qoida buzilishini qayd etmadi. «Real» klubi telekanali efirida ushbu holat keskin tanqid qilindi.

«Tebas ligasi, Negreyra ligasi. Bu shunchaki sirk. Dahshatli va uyatli ish. Eng yomoni — takroriy lavhalarning yo‘qligi. Agar «Real» futbolchisi qoida buzsa, vaziyatni har tomondan ko‘rsatishadi. Bu yerda esa translyasiya "qo‘lga olingan". Ushbu kompaniyani Tebas yollagan va ular o‘zlariga kerakli yo‘nalishda ishlashmoqda. Agar takror ko‘rsatilmasa, demak, bu shubhali. Erik Garsiyaning tirsagini ko‘rdik — bizningcha, bu penalti va chetlatish edi», — deyiladi klub telekanali bayonotida.

Mag‘lubiyatdan so‘ng Madrid klubi joriy mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi.

Kiritildi: 11:42, 11.05.2026.
O'qildi: 1377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик