Bir necha kun avval OAVda Xames Rodriges JCH–2026 turniridan so‘ng faoliyatini yakunlashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Kolumbiya terma jamoasi sardori ushbu ma’lumotlarga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi.
"Buni kim aytganini bilmayman. Menimcha, Kolumbiyada shunchaki ko‘rishlar va "layk"lar to‘plash uchun shunday qilishgan. Odamlar bunday narsalarni yaxshiroq tushunishlari kerak. Qancha vaqt o‘ynashni faqat o‘zim bilaman. Futboldan ketishim haqida oldindan e’lon qilaman, lekin hozir emas. Menimcha, oldimda hali yana bir necha yil bor. Aytilgan gaplarning hammasi yolg‘on", — dedi Xames Rodriges Apple TV telekanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichida Kolumbiya terma jamoasi O‘zbekiston, Kongo DR va Portugaliya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.













