Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL sari yana bir qadam: «Xall Siti» «Milluol»ni mag‘lub etib, pley-off finaliga chiqdi

APL sari yana bir qadam: «Xall Siti» «Milluol»ni mag‘lub etib, pley-off finaliga chiqdi

Baho:
+ | -

«Xall Siti» APL yo‘llanmasi uchun Chempionship pley-off bosqichi yarim finalining ikkinchi o‘yinida «Milluol» ustidan g‘alaba qozondi — 2:0. Bahs Londondagi «Den» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Gollarga jazoirlik hujumchi Muhammad Bellumi (64-daqiqada) va ingliz forvardi Jo Gelxardt (79-daqiqada) mualliflik qilishdi. Bellumi goldan tashqari o‘z hisobiga golli uzatmani ham yozdirib qo‘ydi.

Dastlabki o‘yinda jamoalar gol urishmagan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, «Xall Siti» pley-off finaliga yo‘l oldi.

Ikkinchi finalchi nomi «Sautgempton» va «Midlsbro» qarama-qarshiligida aniqlanadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi ilk bahs 0:0 hisobida yakunlangan. Javob o‘yini 12 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq «Koventri Siti» va «Ipsvich» turnir jadvalida 1 va 2-o‘rinlarni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri APLga yo‘l olgan edi. «Milluol» mavsumni uchinchi, «Xall Siti» esa oltinchi pog‘onada yakunlagan.

Chempionship Yuqori divizionga chiqish uchun pley-off 1/2 final. Javob o‘yini

«Milluol» — «Xall Siti» — 0:2 (0:0)

Gollar: Bellumi (64), Gelxardt (79). Birinchi o‘yin: 0:0.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:46, 12.05.2026.
O'qildi: 644 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик