Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

De Dzerbi: «Ligada qolish uchun kurash Chempionlar ligasidan farq qiladi»

De Dzerbi: «Ligada qolish uchun kurash Chempionlar ligasidan farq qiladi»

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi APLning 36-turida «Lids» bilan qayd etilgan durang (1:1) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ushbu natijadan so‘ng «shporlar» xavfli hududda borayotgan va 18-o‘rinni egallab turgan «Vest Xem»dan 2 ochkoga ilgarilab ketishdi. De Dzerbi jamoasi hozirda 17-pog‘onani egallab turibdi.

«Biz yaxshi o‘ynadik, ajoyib emas, lekin bosim juda kuchli edi. Xotirjam harakat qila olmadik.

Tezda g‘alabani qo‘lga kiritishni istagandik. Yakunda shuni tushundimki, biz mavsum oxirigacha kurashishimiz kerak bo‘ladi.

«Lids» yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Umid qilamizki, ular «Vest Xem»ga qarshi ham xuddi shunday o‘ynashadi, chunki shunday qilish kerak.

Belgilangan penaltidan [Telning xatosi tufayli] afsusdaman, chunki bungacha Matis ajoyib gol urgandi. U juda yosh va men uchun bu muammo emas. Uning ishtiyoqi va ruhiyatidan mamnunman.

Biz u qadar sifatli o‘yin ko‘rsata olmadik, lekin ligada jon saqlab qolish uchun kurash mana shunday bo‘ladi — barcha uchrashuvlarni xotirjam o‘tkazib bo‘lmaydi. O‘yinimizni yaxshilashimiz va odatlarimizni o‘zgartirishimiz shart. Jon saqlab qolish uchun kurash Chempionlar ligasi uchun kurashdan farq qiladi», — dedi De Dzerbi.

Kiritildi: 05:52, 12.05.2026.
O'qildi: 125 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик