«Tottenxem» APLning 36-turida «Lids» bilan durang o‘ynadi (1:1).
Ushbu natijadan so‘ng Roberto De Dzerbi jamoasi xavfli hududda, 18-o‘rinda borayotgan «Vest Xem»dan ikki ochkoga ilgarilab ketdi. «Shporlar» APLdagi oxirgi to‘rtta o‘yinda 8 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mavsum yakuniga qadar «Tottenxem» safarda «Chelsi» va o‘z maydonida «Everton» bilan kuch sinashadi. «Vest Xem»ni esa oldinda «Nyukasl» bilan mehmondagi va «Lids» bilan o‘z uyidagi bahslar kutmoqda.














