Meksika terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Gilyermo Ochoa faoliyatidagi oltinchi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonidagi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Terma jamoa libosini kiyish hech qachon oddiy hol bo‘lmagan. Bu doimo ulkan sharafdir.
Mening so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inim boshlanmoqda. Lekin bu safar men bunga boshqacha nigoh bilan qaramoqdaman.
Qalbim yanada to‘laroq, tanamda chandiqlar ko‘proq, xotiralar bisyor... Ammo ishtiyoq o‘sha-o‘sha — xuddi bir paytlar ushbu emblemani himoya qilishni orzu qilgan bolakaynikidek.
Men aql bovar qilmas kechalarni, cheksiz stadionlarni, haligacha meni hayajonga soladigan madhiyalarni va hayotimni abadiyga o‘zgartirgan lahzalarni boshdan kechirdim.
Va shunga qaramay... Har safar Meksika chorlaganda, ichimda nimadir yangidan jo‘sh ura boshlaydi.
Ehtimol, futbol yillarni hisoblar. Lekin ehtiros vaqtni sanashni bilmaydi. Men uydaman. Men o‘z milliy terma jamoamdaman.
Va modomiki, bu mamlakat uchun kurashish imkoni bor ekan... Mening qalbim doimo u bilan birga bo‘ladi», — deb yozdi Kiprning AYEL klubi sharafini himoya qilayotgan Gilyermo Ochoa.














