«Real»ning sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos «qaymoqranglilar»ning «Barselona»ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yindagi mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi. Ispaniya La Ligasining 35-turida Alvaro Arbeloa shogirdlari «Kamp Nou»da 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Ushbu g‘alaba tufayli kataloniyaliklar tarixda ilk bor «El-Klasiko»da muddatidan oldin chempionlikni rasmiylashtirishdi.
«Menda hech qachon bunchalik kam umid bo‘lmagan edi. Shunchaki o‘yin tugaganidan xursand bo‘ldim. Men ilgari hech qachon «Barselona» g‘alaba qozonishiga bu qadar ishonch his qilmagandim. Hatto ular bizdan ancha kuchli bo‘lgan mavsumlarda ham bunday bo‘lmagan», — deya Kroosning so‘zlarini keltirmoqda Madrid Zone.
Mavsum yakunlanishiga uch tur qolganda, «Real» La Ligada «Barselona»dan 14 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













