Xabi Alonso «Liverpul» boshqaruvini qo‘lga olmaydi.
Jurnalist Devid Ornshteyn NBC Sports efirida ma’lum qilishicha, «mersisaydliklar» yaqin vaqt ichida Alonsoni bosh murabbiy lavozimiga tayinlash masalasini ko‘rib chiqmayapti. «Liverpul» kelasi mavsumni Arne Slot qo‘l ostida boshlashni va tarkibni bir nechta futbolchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Alonsoni tayinlashga «Chelsi» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













