Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

UFC. Hamzat Chimayev Striklend bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi

UFC. Hamzat Chimayev Striklend bilan revansh jangini o‘tkazmoqchi

Baho:
+ | -

Chechenistonlik UFC jangchisi Hamzat Chimayev o‘rta vazn toifasining yangi chempioni, amerikalik Shon Striklend bilan revansh jangini o‘tkazishga tayyor ekanligini bildirdi.

Mazkur vazn toifasidagi titul jangi AQSHning Nyuark shahrida bo‘lib o‘tgan UFC 328 turnirining asosiy voqeasiga aylandi. Murosasiz kechgan bahs yakunida hakamlarning bo‘lingan qarori bilan Striklend g‘alaba qozonib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.

Jangdan so‘ng Chimayev o‘zining X (Twitter) sahifasida raqibini qayta jangga chorlab, quyidagicha post qoldirdi:

“Qachon tayyor bo‘lsang, xabar ber, Shon Striklend”.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu muvaffaqiyatsizlik Chimayev uchun professional faoliyatidagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. 2018-yildan buyon oktagonda jang qilib kelayotgan Hamzat UFCdagi debyutini 2020-yilda o‘tkazgan. Hozirgacha uning hisobida 15 ta g‘alaba (shundan 12 tasi muddatidan oldin) va 1 ta mag‘lubiyat mavjud.

Kiritildi: 14:47, 12.05.2026.
O'qildi: 189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик