Nufuzli The Ring nashri super og‘ir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Nashr talqiniga ko‘ra, ukrainalik Aleksandr Usik chempionlik kamarini o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Reytingning birinchi pog‘onasiga WBO kamari sohibi Daniel Dyubua ko‘tarildi. Ikkinchi o‘rinni WBC vaqtinchalik chempioni Agit Kabayel egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikni Tayson Fyuri yakunlab berdi.
The Ring talqini bo‘yicha kuchli o‘nlik (TOR-10):
-
Chempion: Aleksandr Usik
-
Daniel Dyubua
-
Agit Kabayel
-
Tayson Fyuri
-
Fabio Vordli
-
Filip Xrgovich
-
Mozes Itauma
-
Efe Ajagba
-
Richard Torres
-
Murat Gassiyev
-
Jastis Xuni.













