Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi shu yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi. Sky Deutschland xabariga ko‘ra, «Tottenxem» futbolchiga asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi.
30 yoshli Girassi jamoaning o‘yin uslubidan norozi, bu uning ketish istagiga asosiy sabablardan biri bo‘lgan. Hujumchining shartnomasida 50 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, biroq bu bandni faqat 7 ta klub faollashtirishi mumkin: «Barselona», «Real», «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Yunayted», «Manchester Siti» va «Arsenal».
Hozircha ushbu klublardan faqat «Barselona» futbolchiga qiziqish bildirdi. Shu sababli «Tottenxem» vaziyatga aralashishga qaror qilgan. Shuningdek, «Fenerbaxche» va «Milan» ham Girassi atrofidagi voqealarni kuzatib bormoqda.
Ayni damda «shporlar» APLda jon saqlab qolish uchun kurashga e’tibor qaratgan, ammo mavsum muvaffaqiyatli yakunlansa, klub rasmiy muzokaralarga kirishishi mumkin. Joriy mavsumda Girassi 45 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













