O‘rta vazn toifasida (84 kg gacha) sobiq UFC chempioni Hamzat Chimayevning akasi Artur Chimayev, ukasi aslida Nyuarkdagi (AQSH) UFC 328 turnirida Shon Striklend bilan jang qilishni rejalashtirmaganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni bo‘lib o‘tgan ushbu jangda Hamzat Chimayev hakamlarning bo‘lingan qarori bilan mag‘lubiyatga uchragan edi.
«Odamlarda nega bunchalik qisqa vaqt ichida ko‘p vazn tashlashga qaror qilingani borasida savollar borligini tushunaman. UFC bilan aslida ukasining Irji Proxazkaga qarshi (93 kg vazn toifasida) jang qilishi bo‘yicha kelishuv bor edi. Hatto shartnoma ham tayyor edi.
Biroq keyinroq u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib, Shon bilan jang qilishni iltimos qilishdi. Hamzat shunday insonki, bunday vaziyatlarda hech kimga rad javobini bermaydi. U jangni qabul qildi va 105 kg vazndan 84 kg gacha tushishga qaror qildi», — deya Artur Chimayevning so‘zlarini keltirmoqda Sports.ru.













