Kirish Ro'yxatdan o'tish

Davide Anchelotti Ronaldu haqida qiziq voqeani aytib berdi

Davide Anchelotti Ronaldu haqida qiziq voqeani aytib berdi

Baho:
+ | -

Karlo Anchelottining o‘g‘li va sobiq yordamchisi Davide Anchelotti «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

«Krishtianu haqiqatan ham shunchalik perfeksionistmi? Albatta, unda takrorlanmas ish etikasi mavjud. 2014 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritganida, u buni nishonlash uchun o‘ziga bir qadah shampan vinosi ichishga ruxsat bergandi. Biroq ilk mashg‘ulotning o‘zidayoq u mana shu ichgan ichimligini "yuvish" uchun qo‘shimcha mashqlar so‘ragan», — dedi Davide Anchelotti La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Krishtianu Ronaldu «An-Nasr» safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:32, 12.05.2026.
O'qildi: 881 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик