Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Sneyder YECHL finali haqida: «Yo 5:0, yoki «Arsenal»ning kichik g‘alabasi»

Sneyder YECHL finali haqida: «Yo 5:0, yoki «Arsenal»ning kichik g‘alabasi»

Baho:
+ | -

«Inter»ning sobiq yarim himoyachisi Uesli Sneyder Chempionlar ligasi finalida «Arsenal»ning «PSJ»ga qarshi imkoniyatlarini baholadi.

«Mening fikrimcha, «PSJ» g‘alaba qozonadi. Ammo «Arsenal» gollarni shunchaki o‘tkazib yubormaydi. Ularning himoyasi juda kuchli, ayniqsa, yuqori darajadagi markaziy himoyachilar juftligi bor.

O‘ylamaymanki, ularning qanot himoyachilari Chempionlar ligasidagi eng muhim o‘yinchilar bo‘lsin, lekin aynan shu yerda «PSJ» ustunlikka ega, ayniqsa chap qanotda. «Arsenal»ga chin dildan muxlislik qilayotganlarning barchasi Yurriyen Timber finalgacha sog‘ayib qaytishidan umidvor. Aks holda, ularga juda qiyin bo‘ladi. Biroq «Arsenal» zonalarni sug‘urtalashni ham biladi — masalan, Deklan Rays himoyaga chuqurroq tushadi.

Bu juda qiziq o‘yin bo‘ladi. Menimcha, u o‘tgan yilgi «Inter» ishtirokidagi finalga o‘xshab ketishi mumkin. Men hisob mana shunday bo‘lishini [5:0] taxmin qila olaman. O‘sha o‘yin oldidan «PSJ»da ustunlik bor deb hisoblagandim, lekin «Inter»da kuchli mudofaa va yaxshi qarshi hujumlar bor edi. Kutilmagan natija bo‘lishi mumkin, masalan, «Inter» foydasiga 1:0, yoki bu o‘yin «Inter» uchun eng og‘ir oqshomga aylanishi mumkin edi. Hozir «Arsenal» borasida ham menda xuddi shunday hissiyot bor. «Arsenal»ning 1:0 hisobidagi «xunuk» g‘alabasi bo‘lishi mumkin — men «xunuk» so‘zini yomon ma’noda aytmayapman, chunki «PSJ»ga gol urish imkonini bermaslik — bu katta yutuq. Lekin buni amalga oshirish juda qiyin.

Agar «Arsenal» 1:0 hisobida zafar quchsa — bu ajoyib ish bo‘ladi. Ammo menimcha, «PSJ»ga qarshi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolish o‘ta mushkul vazifa. Shu sababli, o‘yin yo «PSJ» foydasiga 3:0 yoki 4:0, yoxud «Arsenal»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugashi mumkin», — dedi Sneyder.

Kiritildi: 19:32, 12.05.2026.
O'qildi: 280 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик