«Real» prezidenti Florentino Peres direktorlar kengashi yig‘ilishidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazdi. Peres o‘z lavozimini tark etmasligini qat’iy ta’kidladi.
«Sizga shuni ma’lum qilamanki, men iste’foga chiqish niyatida emasman. Men ketmayman! Men «Real»da yangi saylovlar o‘tkazilishiga chaqiraman. Nima uchun? Chunki men 2000 yildan beri klub egalari «sosyos» (klub a’zolari) bo‘lishi yo‘lida mehnat qilyapman. Menga qarshi kampaniyalar olib borilmoqda. Lekin men hali ham shu yerdaman va men «Real» prezidentiman. Kimdir meni saratonga chalingan deb yozibdi. Bularning barchasi uydirma — sog‘lig‘im joyida», — deya Peresning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, «Real» yakshanba kuni «El-Klasiko»da (0:2) imkoniyatni boy berdi va «Barselona» muddatidan oldin Ispaniya chempioniga aylandi.













