Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

Rasman. Nursulton Ro‘ziboyevning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi (foto)

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi, 32 yoshli Nursulton Ro‘ziboyev 27 iyun kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Ro‘ziboyevning raqibi rossiyalik Andrey Pulyayev bo‘ladi. 28 yoshli Pulyayev UFC’da 2025 yil 22 martdan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgacha u promoushenda 1 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini 2026 yil 24 yanvar kuni Ateba Gautiyega qarshi o‘tkazgan va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan. Uning MMA rekordi 10 ta g‘alaba va 3 ta mag‘lubiyatdan iborat. Ushbu bellashuv UFC o‘rta vazn toifasidagi reyting jangi bo‘ladi.

Avvalroq UFC 319 turnirida oktagonga chiqishi kerak bo‘lgan Nursulton Ro‘ziboyev va amerikalik Brayan Battl o‘rtasidagi bahs bekor qilingan va bunga Battlning belgilangan vazn me’yorini bajara olmagani sabab bo‘lgan edi.

Ro‘ziboyev hozirga qadar faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazib, ulardan 36 tasida g‘alaba qozongan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 marta durang qayd etgan. Pulyayevga qarshi bahs Ro‘ziboyevning UFC’dagi oltinchi jangiga aylanadi. Bungacha u ushbu promoushenda 5 marotaba oktagonga ko‘tarilib, 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, UFC Boku turnirining asosiy jangi Rafael Fiziyev va Manuel Torres o‘rtasida o‘tkaziladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:50, 13.05.2026.
O'qildi: 461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик