«An-Nasr»ga chempionlikni muddatidan oldin naqd qilish uchun atigi bir necha soniya yetmay qoldi. Jorje Jezush shogirdlari o‘zlarining asosiy ta’qibchisi «Al-Xilol» bilan durang (1:1) o‘ynashdi. Mehmonlar 98-daqiqada najot golini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.
«Raqibning so‘nggi hujumi bizni bugun chempionlikni bayram qilish imkoniyatidan mahrum etdi, ammo oldinda hali o‘z maydonimizdagi o‘yin bor. G‘alaba qozonishimizga qat’iy ishonamiz. Bugungi muvaffaqiyatsizlik futbolchilarga ta’sir qilmaydi — ular faqat o‘yindan keyingi dastlabki bir necha soatda xafa bo‘lishlari mumkin, xolos. Ular bunday vaziyatlardan qanday chiqib ketishni yaxshi bilishadi. Bu og‘ir, lekin futbolda shunday voqealar bo‘lib turadi», — dedi Jezush matbuot anjumanida.
Hozirda «An-Nasr» turnir jadvalida «Al-Xilol»dan besh ochko oldinda bormoqda, biroq raqib jamoada bitta zaxira o‘yini mavjud.













