Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Arsenal» 50 mln yevroga baholangan vunderkind uchun taklif tayyorlamoqda

«Arsenal» 50 mln yevroga baholangan vunderkind uchun taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi «Palmeyras» vingeri Eduardo Konseysao uchun kurashga qo‘shildi. UOL nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» 16 yoshli futbolchining vakillariga uni shu yozda sotib olish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan.

Yosh braziliyalik hali «Palmeyras»ning asosiy jamoasida debyut qilmagan bo‘lsa-da, u so‘nggi yillarda mamlakatning eng iqtidorli yosh iste’dodlaridan biri hisoblanmoqda. «Yashil-oqlar» o‘z tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan katta qiziqishdan xabardor, shu sababli uning transferi uchun taxminan 43,5 mln funt sterling (qariyb 50 mln yevro) talab qilmoqda.

Avvalroq Eduardo Konseysaoga «Barselona», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» klublari tomonidan ham qiziqish borligi haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 08:43, 13.05.2026.
O'qildi: 891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик