Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pep Gvardiola: «Rodri o‘z pozisiyasida eng zo‘ri, ammo...»

Pep Gvardiola: «Rodri o‘z pozisiyasida eng zo‘ri, ammo...»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Rodrining holati haqida gapirib o‘tdi. «Shaharliklar» so‘nggi to‘rtta o‘yinni 29 yoshli futbolchisiz o‘tkazishga majbur bo‘lishdi — u yana jarohat olib, safdan chiqqan.

Jamoa ustozi tayanch yarim himoyachisining yo‘qligi tarkibga qanday ta’sir qilayotgani haqida to‘xtaldi.

«Rodri o‘z sport formasida bo‘lganida, o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. U bilan jamoa o‘zini ancha ishonchli his qiladi. Biroq hozir Kovachich safga qaytmoqda, shuningdek, Niko Gonsales ham bizga juda katta yordam beryapti. O‘tgan bahsda Bernardu Silva o‘zini har tomonlama ko‘rsata oldi. Men bundan juda mamnunman», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, bugun «Manchester Siti» o‘z maydonida «Kristal Pelas»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 11:27, 13.05.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик