Iroq terma jamoasining 5 nafar futbolchisiga AQSH viza berishdan bosh tortgan.
Iroq matbuoti ma’lumotlariga qaraganda, AQSH hukumati terma jamoaning 5 nafar futbolchisiga viza bermagan. Qayd etilishicha, bu muammo Osiyo va Afrikaning ba’zi bir terma jamoalari futbolchilariga ham ta’sir qilishi mumkin. Iroq terma jamoasi mundialning "I" guruhidan joy olgan va ularga Fransiya, Senegal hamda Norvegiya raqiblik qiladi. Ular 2ta uchrashuvini AQSHda va yana 1 bahsni Kanadada o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslari 11-iyundan 19-iyulgacha davom etadi.













