Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» chempionlik paradida 750 000 muxlis qatnashdi

«Barselona» chempionlik paradida 750 000 muxlis qatnashdi

Baho:
+2 | -

«Barselona» ketma-ket ikkinchi bor qo‘lga kiritilgan La Liga chempionligini katta shodiyona bilan nishonladi. The Athletic nashrining mahalliy hokimiyatga tayanib xabar berishicha, Kataloniya klubining zafarli yurishini tomosha qilish uchun shahar ko‘chalariga taxminan 750 000 nafar muxlis chiqqan.

Jamoa futbolchilari o‘tirgan ochiq avtobus Barselonaning eng diqqatga sazovor joylari bo‘ylab besh soatdan ortiq harakatlandi. Ishqibozlar o‘z kumirlaridan dastxat olish ilinjida avtobus tomon turli buyumlarni uloqtirishdi.

Xususan, yosh himoyachi Pau Kubarsi Kataloniyaning mashhur «fuet» kolbasasiga dastxat qo‘yib bergan bo‘lsa, Pedri o‘zi tug‘ilib o‘sgan Kanar orollaridan keltirilgan bananlarga imzo chekdi.

Bayram tadbirlari yakunida avtobus mahalliy vaqt bilan soat 22:00 atrofida «Kamp Nou» stadioniga qaytib keldi. Bu vaqtga kelib ham stadion atrofidagi olomon tarqalmagan edi — muxlislar klub madhiyasini kuylab, futbolchilarni olqishlar bilan kutib olishdi.

Kiritildi: 13:14, 13.05.2026.
O'qildi: 750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик