Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real»ni yozda tark etadigan 9 futbolchi ma’lum bo‘ldi

«Real»ni yozda tark etadigan 9 futbolchi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

Madridning «Real» klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida tarkibni jiddiy ravishda qisqartirishni rejalashtirmoqda. ABC nashrining xabariga ko‘ra, klub rahbariyati jamoadan ketadigan to‘qqiz nafar futbolchidan iborat ro‘yxatni shakllantirgan.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» olti nafar o‘yinchini transferga chiqarib, ularning sotuvidan mablag‘ ishlab olmoqchi. Ushbu ro‘yxatdan darvozabon Andrey Lunin, himoyachilar Fran Garsiya va Raul Asensio, shuningdek, Gonsalo Garsiya, Dani Sebalyos hamda yarim himoyachi Eduardo Kamavinga o‘rin olgan.

Bundan tashqari, jamoaning yosh iste’dodi Franko Mastantuono o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berilishi kutilmoqda.

Shuningdek, ikki nafar tajribali himoyachi — David Alaba va Daniel Karvaxal shartnomasi yakunlangani sababli Madridni erkin agent sifatida tark etadi. Klub ular bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Kiritildi: 13:42, 13.05.2026.
O'qildi: 18073 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик