Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dovbik APLga o‘tishi mumkin

Dovbik APLga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Ukraina terma jamoasi va Rimning «Roma» klubi hujumchisi Artem Dovbik Angliya Premyer-ligasi klublari qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar bermoqda Il Sussidiario.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 28 yoshli to‘purarning chiqishlarini bir nechta Yevropa jamoalari kuzatib bormoqda. Shunga qaramay, ukrainalik futbolchining transferi bo‘yicha eng jiddiy qiziqishni «Vest Xem» bildirmoqda.

Xabar qilinishicha, London jamoasi kelishuvning ikkita variantini ko‘rib chiqmoqda: futbolchining transfer huquqini 10 million yevroga to‘liq sotib olish yoki uni bir yillik ijaraga olib, keyinchalik shartnomani 15 million yevroga sotib olish huquqini qo‘lga kiritish.

Kiritildi: 16:19, 13.05.2026.
O'qildi: 900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик