Og‘ir vazn toifasida WBA, WBC, IBF, IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik vazn toifasidan qat’i nazar (P4P) dunyoning eng yaxshi beshta bokschisi nomini sanab o‘tdi. Sportchining so‘zlaridan DAZN iqtibos keltirmoqda:
«Terens Krouford, Kanelo, Shakur, Entoni Joshua, Fyuri», — dedi Aleksandr.
Eslatib o‘tamiz, Usik o‘zining navbatdagi jangini 23 may kuni Misrda niderlandiyalik kikbokschi Riko Verxovenga qarshi o‘tkazadi. Jangda ukrainalik bokschiga tegishli bo‘lgan WBC jahon chempionlik kamari o‘rtaga qo‘yiladi.













