Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Kroos: «Arda Gyuler — «Real»ning kelajakdagi kalit futbolchisi»

Kroos: «Arda Gyuler — «Real»ning kelajakdagi kalit futbolchisi»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi sobiq yarim himoyachisi Toni Kroos jamoaning yosh iqtidori Arda Gyuler haqida fikr bildirdi. U turkiyalik futbolchi tez orada «qaymoqranglilar»ning asosiy figurasiga aylanishiga ishonmoqda.

«Arda Gyuler — «Real»ning kelajakdagi kalit futbolchisi. U joriy yilda ko‘p o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi va yaqin istiqbolda jamoa uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning uchun eng maqbul pozisiya — darvozaga yaqin bo‘lgan «o‘nlik» roli. Ardada golli uzatma berish qobiliyati yuqori, shu sababli u hujumchilar va vingerlarga yaqinroq o‘ynashi kerak. U sof hujumchi emas, shu bois hujum markazida uning imkoniyatlari cheklanib qoladi. Shu bilan birga, Gyuler maydon chuqurligidan turib ham xavfli vaziyatlar yaratishga qodir», — deya Kroosning so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Ma’lumot uchun, Arda Gyuler joriy mavsumda barcha turnirlarda 50 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

21 yoshli futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali turkiyalik yarim himoyachining transfer qiymatini 90 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 19:19, 13.05.2026.
O'qildi: 243 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик