Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

UEFA «Negreyra ishi» bo‘yicha «Barselona»ni jazolay olmaydi

UEFA «Negreyra ishi» bo‘yicha «Barselona»ni jazolay olmaydi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres «Barselona» ustidan UEFAga shikoyat qilish va maxsus hisobot topshirishni rejalashtirayotganiga qaramay, Yevropa futbol assosiasiyasi Kataloniya klubiga nisbatan sport sanksiyalarini qo‘llay olmasligi ma’lum bo‘ldi.

Shu hafta boshida Peres shov-shuvli matbuot anjumani o‘tkazib, «Barselona»ni va hakamlar tizimini korrupsiyada ayblagan hamda tegishli hujjatlar UEFAga taqdim etilishini tasdiqlagan edi.

«UEFA bizga to‘liq hujjatlarni yuborishga rozi bo‘ldi. Men bu yerga hakamlar «Barselona»ning pullari evaziga boyib ketishiga qarab turish uchun kelganim yo‘q. Men kurashish uchun keldim va bu borada sukut saqlay olmayman. Jahon futbolida bunga o‘xshash holat kuzatilmagan. Hakamlar qo‘mitasi prezidenti buni unutishimiz kerakligini aytmoqda. Lekin qanday qilib unutish mumkin?» — degan edi Peres.

Biroq, huquqiy ma’lumotlarga ko‘ra, UEFA sport yo‘nalishi bo‘yicha «Barselona»ga chora ko‘ra olmaydi. Bunga sabab — Ispaniya sport qonunchiligidagi da’vo muddatining o‘tib ketganidir.

Xabar qilinishicha, «Negreyra ishi» bo‘yicha ehtimoliy intizomiy qoidabuzarliklar 2023 yilda jamoatchilikka oshkor bo‘lguniga qadar o‘z kuchini yo‘qotgan. Ispaniya futbol qoidalariga ko‘ra, eng og‘ir sport huquqbuzarliklari uchun uch yillik cheklash muddati belgilangan. Bu esa hozirda hech qanday ishni qayta ochish imkonini bermaydi.

Eslatib o‘tamiz, gap «Barselona» tomonidan 2001 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda hakamlar qo‘mitasining sobiq mutasaddisi Xose Mariya Enrikes Negreyra va uning o‘g‘liga «hakamlik bo‘yicha maslahat hisobotlari» uchun to‘langan 7,3 million yevro mablag‘ haqida bormoqda.

Kiritildi: 22:52, 13.05.2026.
O'qildi: 538 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик