Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Lasio» — «Inter»: Italiya kubogi finali asosiy tarkiblari ma’lum

«Lasio» — «Inter»: Italiya kubogi finali asosiy tarkiblari ma’lum

Baho:
+ | -

Bugun, 13 may kuni Rimdagi «Olimpiko» stadionida Italiya Kubogining 2025/2026 yilgi mavsumi hal qiluvchi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Rimning «Lasio» hamda Milanning «Inter» jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi.

Uchrashuvni Marko Guida boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.

Jamoalar quyidagi tarkiblarda maydonga tushishadi:

«Lasio»: Motta, Marushich, Xila, Romanyoli, Tavaresh, Teylor, Bashich, Gabarron, Noslin, Dzakkani, Isaksen.

«Inter»: Martines, Bissekk, Bastoni, Akandji, Barella, Dumfris, Zelinski, Dimarko, Suchich, Tyuram, Martines.

Yarim final bosqichida «Inter» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Komo» jamoasidan (3:2) ustun kelgan edi. «Lasio» esa Bergamoning «Atalanta» klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib (3:3, 2:1), final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, Italiya Kubogining amaldagi g‘olibi «Bolonya» klubi hisoblanadi. Ular o‘tgan mavsum finalida «Milan»ni 1:0 hisobida mag‘lub etishgan edi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:22, 13.05.2026.
O'qildi: 863 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик