Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Umarali Rahmonaliyev va “Sabah” ketma-ket ikkinchi bor Ozarbayjon Kubogini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Umarali Rahmonaliyev va “Sabah” ketma-ket ikkinchi bor Ozarbayjon Kubogini qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

“Sabah” klubi ketma-ket ikkinchi marta Ozarbayjon Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Jamoa safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Umarali Rahmonaliyev faoliyat yuritadi.

“Boyqushlar” finalda kichik kambek amalga oshirib, “Zira” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan “Sabah” ikkinchi bo‘limda Orfe Mbina va Joy-Lens Mikelsning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

Avvalroq jamoa Premyer Liga yakunlanishiga 4 ta tur qolganda o‘z tarixida ilk bor mamlakat chempioniga aylangan edi. Shu tariqa Boku shahri jamoasi joriy mavsumda “oltin dubl”ni rasmiylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, “Sabah” 2025-yilda mamlakat Kubogi finalida “Qorabog‘”ni mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Ma’lumot uchun, Umarali Rahmonaliyev klubining asosiy futbolchilaridan biri sifatida mamlakat chempionati va Kubogidagi muvaffaqiyat uchun munosib hissa qo‘shdi. Yarim himoyachi Ozarbayjon klubi safida jami 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ozarbayjon chempioni sifatida “Sabah UYEFA Chempionlar Ligasining 2026-2027-yilgi mavsum saralash bosqichida ishtirok etadi”.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 06:08, 14.05.2026.
O'qildi: 181 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик