Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Real» prezidentligiga nomzod Florentino Peresga maktub yo‘lladi

«Real» prezidentligiga nomzod Florentino Peresga maktub yo‘lladi

Baho:
+ | -1

Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme amaldagi rahbar Florentino Peresning muddatidan oldin saylovlar o‘tkazish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi. Ayni damda Meksikada bo‘lib turgan tadbirkor Peresga yo‘llagan ochiq xatida klubning kelajagi va saylov jarayonining shaffofligi borasida o‘z fikrlarini bayon qilgan.

Rikelme o‘z maktubini Peresning ko‘p yillik faoliyatiga hurmat bildirishdan boshlagan. Uning ta’kidlashicha, Peres rahbarligida «Real» nafaqat dunyo futbolida dominantlik qildi, balki o‘zining institusional nufuzini ham mustahkamladi.

Biroq nomzod saylov jarayoni shoshma-shosharlik bilan emas, balki mulohaza va tinchlik bilan o‘tishi kerakligini ta’kidlagan.

«Klub a’zolari «Real»ning kelajagini xotirjam muhokama qilishlari uchun vaqt va osoyishtalikka loyiqdirlar. Biz klubni abadiy qilgan qadriyatlar — namunali xulq-atvor, raqibga hurmat va mukammallikka intilishni qanday saqlab qolish haqida gaplashib olishimiz kerak», — deyiladi maktubda.

Shuningdek, Rikelme saylov jarayonini yanada shaffof va innovasion qilish, xususan, pochta orqali ovoz berish va ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash zarurligini qayd etgan. Uning fikricha, kelishilgan holda o‘tkazilgan saylov jarayoni klubga yana 20 yillik barqarorlikni kafolatlashi va ichki nizolarning oldini olishi lozim.

Enrike Rikelme prezidentlik uchun qo‘yiladigan barcha moliyaviy va kasbiy talablarga javob berishini alohida ta’kidlagan.

«Menda «Real» uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy imkoniyatlar va moliyaviy tajriba mavjud. Buni men ijrochi raisi bo‘lgan va 75 foiz ulushiga egalik qiladigan «Cox» kompaniyasining yaqinda 2 milliard dollarlik obligasiyalarni muvaffaqiyatli chiqargani ham tasdiqlaydi», — deya qo‘shimcha qilgan nomzod.

Kiritildi: 13:10, 14.05.2026.
O'qildi: 356 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик