Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Peres «Real»ning YECHLdan chiqib ketganida hakamni aybladi

Peres «Real»ning YECHLdan chiqib ketganida hakamni aybladi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Myunxenning «Bavariya»siga qarshi kechgan javob uchrashuvidan (3:4, umumiy hisob — 4:6) so‘ng hakamlik borasida keskin fikr bildirdi.

Madridliklar ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng turnirdagi ishtiroklarini yakunladi. O‘yinning 86-daqiqasida «qirollik klubi» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga raqib maydonida Harri Keynga nisbatan fol ishlatdi va hushtakdan so‘ng to‘pni raqibga bermay, vaqtni cho‘zdi. Uchrashuv bosh hakami Slavko Vinchich ushbu harakati uchun Kamavingaga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi.

Florentino Peres El Chiringuito telekanali efirida hakamning bu qarori o‘yin taqdiriga ta’sir qilganini ta’kidladi.

«Hakam bizning Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqishimizni xohlamadi. Menimcha, u Kamavingada allaqachon sariq kartochka borligini anglamadi. Hakamda yomon niyat bo‘lgan deb o‘ylamayman, lekin u katta xatoga yo‘l qo‘ydi», — dedi Peres.

Eslatib o‘tamiz, «Real» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya»ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Kiritildi: 13:12, 14.05.2026.
O'qildi: 203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик