«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro futbolchilar uchun ruhiy tetiklik naqadar muhimligi haqida gapirdi.
«Menimcha, «Real» o‘yinchilari uchun mentalitet eng muhim omil. U yerda ko‘plab juda yaxshi futbolchilarni ko‘raman, lekin aynan shu sabab ular doim ham ko‘p o‘ynay olishmaydi. Masalan, Mateo Kovachich — dahshatli, tengsiz futbolchi. U «Chelsi» bilan Chempionlar ligasini yutdi, hozir «Manchester Siti»da o‘ynayapti; u aql bovar qilmas darajada kuchli. Lekin «Real»da u ba’zan yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmasdi.
Men uning fikrini hurmat qilaman, lekin ba’zan futbolchi o‘ynamay qolsa: «Men maydonda bo‘lishim kerak», deb o‘ylaydi. Buning uchun ruhiy tomonlama kuchli bo‘lish lozim. Ba’zan o‘ynamasangiz ham xotirjamlikni saqlashingiz kerak, u aynan shuning uchun ham top-o‘yinchi. Unda talant bor, u yuqori darajadagi futbolchi, lekin unga iroda kerak, chunki bunday vaziyat odamni naqadar tushkunlikka tushirishini bilaman. Sababi jamoada Toni Kroos va Luka Modrich bor edi... Biz bu yerda xotirjam va kuchli bo‘lishimiz kerak», — dedi Kazemiro Rio Ferdinandga bergan intervyusida.













