Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Tebas: «Florentino Peres yolg‘on gapirmoqda, «Real» sud jarayonini ataylab cho‘zyapti»

Tebas: «Florentino Peres yolg‘on gapirmoqda, «Real» sud jarayonini ataylab cho‘zyapti»

Baho:
+ | -

La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Real» klubi «Negreyra ishi» bo‘yicha sud jarayonini ataylab cho‘zayotganini ta’kidladi. Avvalroq Madrid klubi prezidenti Florentino Peres La Ligani ushbu ishda faol emaslikda ayblab, «faqatgina «Real» rasmiy shikoyat kiritdi, La Liga esa sukut saqlamoqda» mazmunida chiqish qilgan edi.

Tebas o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bunga keskin javob qaytardi.

«Yolg‘on davom etayotgani uchun yana bir bor tushuntirib o‘taman. Florentino «Real» yagona shikoyatchi bo‘lgani va La Liga hech narsa qilmaganini aytmoqda. Bu — yolg‘on. «Real» birinchi bo‘lib emas, eng oxirgi bo‘lib shikoyat kiritgan. Ungacha La Liga vakili prokuraturada, sudya Estrada Fernandes esa sud zalida chiqish qilgan edi. Buning hujjatlari bor», — deb yozdi Tebas.

Shuningdek, La Liga rahbari «Real»ning bu harakatlarini «Barselona» bilan munosabatlariga bog‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki klub Superliga loyihasida «do‘st» bo‘lgan vaqtda Madrid klubi Negreyra masalasida jim turgan.

«Ular boshqa xatolarini yopish uchun «Negreyra ishi»ni cho‘zishda davom etishmoqda. Eslatib o‘taman, «Barselona» Superligada bo‘lgan vaqtda «Real» bu masalada sukut saqlagan. O‘shanda ular Florentino aytganidek «do‘st» edilar. Qachonki «Barselona» Superligani tark etganidan keyingina ularda «g‘urur» uyg‘ondi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 17:33, 14.05.2026.
O'qildi: 191 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик