Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer 2026 yilgi jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. Bu haqda insayder Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman 40 yoshli golkiperni 55 nafar futbolchidan iborat dastlabki ro‘yxatga qo‘shgan.
Ma’lumot bo‘lishicha, Noyer yakuniy tarkib uchun tanlov qilinadigan besh nafar darvozabondan biri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Manuel 2024 yil avgust oyida milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.













