Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Eron viza bilan bog‘liq muammolar sabab JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi mumkin — RMC Sport

Eron viza bilan bog‘liq muammolar sabab JCH-2026ni o‘tkazib yuborishi mumkin — RMC Sport

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Eron terma jamoasining 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi turnir boshlanishiga 28 kun qolganida xavf ostida qoldi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Eron futbol federasiyasi prezidenti Mehdi Toj milliy jamoa a’zolaridan hozirgacha hech biri AQSH vizasini olmaganidan jiddiy xavotir bildirgan. Vaziyat Yaqin Sharqdagi geosiyosiy taranglikning kuchayishi va Tehron hamda Vashington o‘rtasida 1980 yildan buyon diplomatik munosabatlar mavjud emasligi sabab yanada murakkablashmoqda.

Eron futbol federasiyasi rahbari yaqin kunlarda FIFA bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazilishini ma’lum qildi. Unda vizalar masalasini hal etish bo‘yicha aniq kafolatlar talab qilinadi.

FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasi rejaga muvofiq AQSHda o‘yinlarini o‘tkazishini aytgan bo‘lsa-da, hozircha zarur hujjatlarni olish borasida amaliy siljish kuzatilmayapti.

Ta’kidlanishicha 18 may kuni terma jamoa delegasiyasi musobaqa oldidan yig‘inni boshlash uchun Anqaraga yo‘l oladi. Agar kechikishlar davom etsa, Eronning turnirdagi ishtiroki jiddiy xavf ostida qolishi mumkin.

Manba: www.championat.com
Kiritildi: 23:34, 14.05.2026.
O'qildi: 405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик