Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Inter» Tyuram borasida bir qarorga keldi

«Inter» Tyuram borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Markus Tyuram jamoa bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, «neradzurrilar» fransuz futbolchisi bilan yangi mehnat kelishuvi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish niyatida. Amaldagi shartnoma ikki yildan so‘ng o‘z nihoyasiga yetadi.

Joriy mavsum davomida matbuotda 28 yoshli futbolchining jamoadan ketishi mumkinligi haqida tez-tez xabarlar tarqalgan edi. Markus Tyuram Kristian Kivu boshchiligidagi jamoa safida ushbu mavsumda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Transfermarkt» portali hujumchining narxini 50 million yevroga baholamoqda. Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni futbolchi milanliklar tarkibida Italiya Kubogi g‘olibiga aylandi.

Kiritildi: 09:48, 15.05.2026.
O'qildi: 595 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик